1

Ota mas`uliyatni angladi

Jinoyat 18.09.2019, 17:24
Ota mas`uliyatni angladi

Faqat uni anglashi uchun albatta qonun “turtki”si kerak bo`ldi. MIBfaoliyati boshlangandan beri yuzlab otalarga farzandi oldidagiburchi, mas`uliyatini bildirib to`lanmay qolib ketgan aliment to`lovlarini undirib berayapti. Albatta, har bir bola ota-onasi, oilasi bag`rida ulg`ayishga haqli. Ammo ba`zi bir odamlar buni tushunishni istamaydi.

Jondor tumanining “Ko`liyon” qishlog`idan Buxoro shahriga kelin bo`lib kelgan Mo``tabar Hakimova (ism va familyalar shartli ravishda o`zgartirilgan) turmush o`rtog`i Kozim Saidov bilan ajrashib ketaman, degan yomon niyat xayolida ham yo`q edi. Ammo...

Fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudining 2014 yil 23 oktyabrdagi ijro hujjatiga binoan 2011 yilda tug`ilgan Mohina Saidovaning ta`minoti uchun 2014 yildan2019 yil 1 sentyabrgacha qolib ketgan31 million 360 ming 456 so`m miqdoridagi aliment pullari undirib berildi.

Farzandi ehtiyojlari uchun kerakli mablag` endi bor. Biroq, ota mehri o`rnini bu pullar bosa oladimi? Bu savol har galgidek javobsiz qolaveradi...

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1