AsosiyJinoyat
1560

O`zboshimchalik bilan oltin qazib olmoqchi bo`lgan uch kishini tosh bosib qoldi

'O`zboshimchalik bilan oltin qazib olmoqchi bo`lgan uch kishini tosh bosib qoldi'ning rasmi

Samarqand viloyatidagi shaxtada o`zboshimchalik bilan oltin qaziyotganlarni tosh bosib qolishi natijasida ikki kishi vafot etdi, biri jarohatlandi. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

O`zboshimchalik bilan oltin qazish chog`ida ikki kishi halok bo`ldi, bir kishi jarohatlandi, deya xabar qildi O`zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Fojia 17 sentyabr kuni taxminan 18:30 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida joylashgan, davlat zahirasida bo`lgan «Qoraqo`ton» tog` hududidagi shaxtada sodir bo`ldi.

Uch nafar oltin qazuvchini tog` toshi bosib qolgan. Ularning ikki nafari hodisa joyida vafot etgan va bir fuqaro tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar