1

Sifati kafolatlanmagan biofaol ko`shimchalarning noqonuniy aylanmasi to`xtatib qolindi

Jinoyat 18.09.2019, 17:54
Sifati kafolatlanmagan biofaol ko`shimchalarning noqonuniy aylanmasi to`xtatib qolindi

Bojxona xodimlari yurtimiz hududiga sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni noqonuniy olib o`tishga bo`lgan urinishlarga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorlikda Forish tumanining qo`shni davlat bilan chegaradosh aylanma yo`lda tezkor tadbir o`tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida ushbu hududda qonunbuzar shaxslar tomonidan yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirishga urinilgan xo`jalik sumkalari xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilib, sanoqdan o`tkazilganda umumiy qiymati 933 350 000 so`mlik, 65 391 dona “Minoxidil” gel, “Montalin” va “Samyun Wan” nomli biofaol qo`shimchalar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1