AsosiyDunyo

​Afg`onistonda saylovoldi kampaniyasi vaqtida portlash amalga oshirildi. 25 kishi halok bo`ldi​

'​Afg`onistonda saylovoldi kampaniyasi vaqtida portlash amalga oshirildi. 25 kishi halok bo`ldi​'ning rasmi

Afg`onistonning Parvan viloyatida mamlakat prezidenti Ashraf G`ani ishtirokidagi saylovoldi tadbiri vaqtida terakt amalga oshirildi.

Portlovchi vosita tadbir bo`lib o`tayotgan hududga kirishda turgan polisiya mashinasiga o`rnatilgan bo`lgan. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, portlash oqibatida 25 kishi halok bo`lib, 31 kishi jarohat olgan, prezident va uning hamrohlari jabrlanmagan.

Hozircha bu hujum uchun javobgarlikni hech bir tashkilot o`z zimmasiga olmadi.

Afg`onistonda prezident saylovlari 28 sentyabrga belgilangan. Bundan avvalroq «Tolibon» harakati vakillari saylovni barbod qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

    Boshqa yangiliklar