AsosiySalomatlik

Farg`onadan quvonchli xabar: uch egizak – Bibixonim, Amirbek va Temurbeklar dunyoga keldi

'Farg`onadan quvonchli xabar: uch egizak – Bibixonim, Amirbek va Temurbeklar dunyoga keldi 'ning rasmi

Oilada farzand dunyoga kelishi katta baxt, agar ular egizak bo`lsa, qo`shaloq bayram. Shunday quvonchli voqea Farg`ona shahar markaziy shifoxonasining tug`ruq bo`limida yuz berdi. Bu erda Nozimaxon Ahmadjonova egizaklar – bir qiz va ikki o`g`ilni dunyoga keltirdi.

Farg`ona viloyati sog`liq saqlash boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, ayolning turmush o`rtog`i Xurshidbek Ibrohimov harbiy xizmatchi. Buxoro viloyatida faoliyat yuritib keladi. Ushbu oilada bir nafar o`g`il farzand bor edi, endilikda to`rtta bo`ldi!

Chaqaloqlarning otasi harbiy xizmatchi bo`lgani bois, buyuk ajdodlarimizdek salohiyatli va jasoratli insonlar bo`lsin, deb yaxshi niyat qilib, egizaklarning eng kattasiga Bibixonim, o`g`il bolalarga Amirbek va Temurbek, deb ism qo`yishdi.

Tug`ilgan uch nafar chaqaloqning barchasi sog`lom, malakali mutaxassislar tomonidan ko`rikdan o`tkazildi. Ayni paytda onaga ham, chaqaloqlarga ham tajribali shifokorlar nazorati ostida, malakali tibbiy xizmat ko`rsatilmoqda.

Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

Boshqa yangiliklar