AsosiyJinoyat
1626

Olmaliqdagi aka-uka og`ufurushlar

'Olmaliqdagi aka-uka og`ufurushlar'ning rasmi

Joriy yil 13 sentyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati Olmaliq shahar bo`limi va shahar IIB vakillari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida shahardagi "Mustaqillik" ko`chasida joylashgan "Aktiv spets remont" MChJ hovlisida 136 kvadrat metr maydonda 77 tup marixuana giyohvandlik moddasi plantasiya shaklida etishtirib kelingani aniqlandi.

Bu qo`lbola plantasiyani ayni firma rahbari Ruslan Jumaniyozov va uning ukasi Amirullo Jumaniyozovlar (ism-shariflari o`zgartirilgan) tashkil qilgan bo`lib, undan o`zlari iste`mol qilish va boshqalarga sotishni mo`ljallashgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar