1

Selfi qilayotgan ayol o`zini-o`zi otib qo`ydi

Jinoyat 20.09.2019, 10:30
Selfi qilayotgan ayol o`zini-o`zi otib qo`ydi

Omskda bir ayol selfi qilish asnosida pnevmatik to`pponcha bilan bexosdan o`zining boshiga o`q uzib qo`ydi. Bu haqda Rossiya IIVning mintaqa bo`yicha boshqarmasi saytida xabar qilinyapti.

Ayni muassasa xabariga ko`ra 36 yoshli ayol o`zi bilan birga yashaydigan erkak boshqa xonada bo`lganida uning to`pponchasini olib, qurol bilan rasmga tushmoqchi bo`lgan. Ammo u telefon ekranidagi tugma o`rniga to`pponchaning tepkisini bosib yuborgan. Jarohatlangan ayolni shifoxonaga olib ketishgan.

Polisiya xodimlari ushbu xonadonni ko`zdan kechirish asnosida uy egasiga tegishli bo`lgan bir stvolli qurol, MP-79 rusumli travmatik to`ppponcha va nunchak topishgan, bu qurollar tegishli tartibda olingan. Erkak o`qotar qurollarining hujjatini ko`rsatib, nunchakni o`zi yasaganini tan olgan. Unga qarshi Rossiya JK 223-moddasi, 4-qismi (qonunga zid ravishda sovuq qurol tayyorlash) bilan jinoiy ish ochilgan.

Shu yil yanvar oyi boshida Moskva viloyati Mitishi shahrida yashaydigan 13 yoshli qiz selfi qilayotib travmatik to`pponchadan o`zining yuziga otib qo`ygan edi. Qurol uning otasiga tegishli bo`lib, uni yonida olib yurish va saqlashga ruxsatnomasi bo`lgan. Voqea natijasida qizning pastki jag`i sinib, jarohat olgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1