1

Qozon qopqog`iga uddaburonlik bilan yashirilgan tangalar fosh bo`ldi

Jinoyat 20.09.2019, 16:25
Qozon qopqog`iga uddaburonlik bilan yashirilgan  tangalar fosh bo`ldi

Davlatimizchegaralari orqali madaniy boyliklarni noqonuniy tarzda olib o`tilishiga bo`lgan navbatdagi urinish bojxona xodimlari tomonidan o`z vaqtida aniqlandi.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan xorijiy fuqaro M.I. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, uning yuklari orasidagi afg`on qozonining qopqoq rezinasi orasida tegishli hujjatlari bo`lmagan va deklarasiyada ko`rsatilmagan 52 dona qadimiy tangalar borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga asosan, 52 dona tangalardan 20 donasi miloddan avvalgi III-II asrga oid ekanligi va Yunon-Baqtriya podsholigi davrida zarb qilinganligi, shuningdek qolgan 32 dona tangalar esa miloddan avvalgi III-II asrga oid ekanligi va Yunon-Baqtriya podsholigi davrida yasalgan tangalar ekanligi aniqlandi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan madaniy boyliklar Termiz Arxeologiya muzeyiga topshirilgan bo`lib, holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1