1

Rezina qayiqda bioqo`shimchalarni yurtimizga olib o`tishga uringan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 20.09.2019, 16:28
Rezina qayiqda bioqo`shimchalarni yurtimizga olib o`tishga uringan shaxs qo`lga olindi

Bojxonachilar mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni noqonuniy olib kirish holatlariga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Uchqo`rg`on tumanida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida fuqaro A.A qo`shni mamlakatdan O`zbekiston Respublikasiga noqonuniy ravishda Norin daryosi orqali rezina qayiq yordamida tegishli hujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati 70 million so`mlik 234 dona bioqo`shimcha mahsulotlarini olib o`tayotganda to`xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1