1

Samarqand viloyatida tabiiy gaz tarmog`iga o`g`rincha ulangan korxona aniqlandi

Jinoyat 20.09.2019, 17:00
Samarqand viloyatida tabiiy gaz tarmog`iga o`g`rincha ulangan korxona aniqlandi

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi Oqdaryo tumani bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda «BARAKA-NUR» oilaviy korxonasi rahbari O`tkir Azizov Dahbed mahallasida kafe, oshxona va novvoyxona tashkil qilgan va tabiiy gaz tarmog`iga hisoblagichdan tashqari, ko`z bilan aniqlab bo`lmaydigan darajada er ostidan diametri 25 millimetr bo`lgan polietelen quvur orqali ulanib olgan.

Ushbu noqonuniy ulanma orqali 2 dona novvoy tandiri, 2 dona «PG-4» rusumli gaz plitasi, 1 dona somsapazlik tandiri, 1 dona mangal, 1 dona isitish pechi hamda 2 dona “Konvektor” pechlaridan foydalanib kelgan.

Aniqlangan holat bo`yicha tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, korxona tabiiy gaz tarmog`idan uzib qo`yildi.

Ta`minotchi korxona bergan xulosaga ko`ra, «BARAKA-NUR» oilaviy korxonasi rahbari O`.Azizov tomonidan davlat manfaatlariga 24 million 270 ming so`m miqdorda zarar etkazilgan.

Hozirgi kunda ushbu noqonuniy harakat yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1