1

25 sentyabr-1 oktyabr kunlari Qashqadaryoda birinchi xalqaro anor festivali o`tkaziladi

Madaniyat 22.09.2019, 15:38
25 sentyabr-1 oktyabr kunlari Qashqadaryoda birinchi xalqaro anor festivali o`tkaziladi

25 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi «Varganza» qishlog`ida birinchi xalqaro anor festivali bo`lib o`tadi.

Mazkur festivalga 15 ta xorijiy mamlakatdan mehmonlar kelishi kutilmoqda.

Festival tashkilotchilari Xalqaro anor festivali doirasida auksion savdosini tashkil etishni maqsad qilishmoqda. «Varganza» qishlog`idagi anor daraxtlaridan eng katta anorlarni tanlab olib, ular auksion bozorida sotiladi. Auksion savdoda «Varganza» qishlog`ida tadbirkorlardan tashqari xorijlik mehmonlar ham ishtirok etadi. Eng qizig`i, auksionda sotilgan anor puli festival so`ngida ushbu qishloqda dunyoga kelgan birinchi chaqaloqqa beriladi. Va har yili ushbu an`anani davom ettirishni mo`ljallangan.

Aytishlaricha, ushbu qishloqning o`zida anor eksporti bilan shug`ullanuvchi 30 nafar tadbirkor faoliyat yuritadi.

«Varganza» mahalla fuqarolar yig`ini raisi Ziyodulla Mirzaevning ma`lumot berishicha, ayni paytda qishloqda 1000 gektar maydonda anor mavjud bo`lsa, shundan 350 gektari fermer va dehqon xo`jaligi egalariga tegishli. Qolgani ushbu qishloqda yashovchi aholi tomorqasida ekilgan.

Ma`lum qilishlaricha, 2018 yil faqatgina «Varganza» qishlog`ining o`zidan xorijga 2000 tonna anor eksport qilingan. Varganza anorlarining asosiy xaridorlari Rossiya va Janubiy Koreya hisoblanadi. Xorijga sotilgan anorlarning kilosiga 2 AQSh dollari miqdorida haq to`langan.

— Nasib etsa 2019 yil xorijga qishlog`imizning o`zidan 5000 tonna anor eksport qilishni maqsad qilganmiz, — deydi Ziyodulla Mirzaev. — Joriy yilgi xaridorlarimiz ichida Yaponiya davlati ham bor.

Ma`lumot o`rnida: Varganza qishlog`ida ayni kunda 3470 ta xonadon mavjud bo`lib, 20 ming aholi istiqomat qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1