Ichki ishlar organlariga 29 yoshli Alisher Ya. murojaat qildi. Uning ma`lum qilishicha, 23 yoshli Qobiljon N. uni Latviyada ishga joylashtirishni va`da qilib, evaziga 6 ming dollar so`ragan.
«6-sentyabr kuni kechqurun Mirzo Ulug`bek tumanida 3900 dollarni olayotganida Qobiljon N. ichki ishlar organi xodimlari tomonidan qo`lga olingan», — deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Xabar berishlaricha, Qobiljonga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan.