1

O`zbekiston - Bahrayn - 17:0

Sport 23.12.2014, 08:37
O`zbekiston - Bahrayn - 17:0

O`zbekiston U-16 o`smir qizlar terma jamoasi Osiyo Chempionati saralash birinchi uchrashuvida Bahrayn U-16 qizlar terma jamoasini yirik 17:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

Kecha Bahrayn poytaxti Manama shahrida U-16 o`smir qizlar o`rtasidagi Osiyo Chempionati saralashi «A» guruhidan o`rin olgan dastlabki uchrashuv bo`lib o`tdi. Bahrom Norsafarov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-16 qizlar terma jamoasi saralash mezboni - Bahrayn U-16 terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvda katta ustunlikka ega bo`lgan o`zbekistonlik o`smir qizlar yakunda raqiblari darvozasini javobsiz 17 marotaba ishg`ol etishdi va yirik g`alabani nishonlashdi.

Ma`lumot uchun, saralashning «A» guruhida boshqa terma jamoalar ishtirok etmayotgani bois, O`zbekiston va Bahrayn o`smir qizlari 25 dekabr kuni o`zaro ikkinchi uchrashuvda maydonga tushadilar. Guruh g`olibi esa kelasi yili Xitoyda bo`lib o`tadigan U-16 o`smir qizlar o`rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritadi.

U-16 o`smir qizlar o`rtasida OCh saralash.
«A» guruhi. Manama, Bahrayn.
22 dekabr. Dastlabki uchrashuv.
Bahrayn U16 - O`zbekiston U16 - 0:17

Manba: www.the-uff.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1