AsosiyJamiyat

Evropa xavfsizlik masalalarini o`rganish markazi vakillari O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo`ldi

'Evropa xavfsizlik masalalarini o`rganish markazi vakillari O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo`ldi'ning rasmi

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yilning 23 avgust kuni ta`lim sohasini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirish masalalariga bag`ishlangan videoselektorida ko`tarilgan mavzulardan kelib chiqqan holda, harbiy ta`lim yo`nalishida ham qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy ta`lim tizimini yanada takomillashtirish dasturi asosida chet ellik delegasiya vakillari, o`qituvchi va kursantlar ishtirokida ochiq dars o`tkazildi.

AQSh elchixonasi, Jorj Marshall nomidagi Evropa xavfsizlik masalalarini o`rganish markazi hamda AQSh Qurolli Kuchlaridan tashrif buyurgan mehmonlar akademiyaning tillar kafedrasi faoliyati, o`quv moddiy bazasi, axborot resurs markazi, mavzuviy sinflar va o`qituvchilar xonalari bilan tanishishdi.

Tillar kafedrasi boshlig`i polkovnik Azizjon Toirov ochiq dars davomida harbiy ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan zamonaviy dasturlarni namoyish etish bilan bir qatorda delegasiya vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Ochiq darsning ikkinchi qismida akademiya kursantlari ingliz tili o`qituvchisi, Qurolli Kuchlar xizmachisi Dildora Nasriddinova bilan birgalikda o`z bilim va ko`nikmalarini yig`ilganlar e`tiboriga namoyish qildilar. Darsning to`liq ingliz tilida va zamonaviy texnika vositalari yordamida olib borilishi xorijlik delegasiya vakillarida iliq taassurot qoldirdi.

AQSh elchixonasi, Jorj Marshall nomidagi Evropa xavfsizlik masalalarini o`rganish markazi hamda AQSh Qurolli Kuchlari mas`ul xodimlari ham o`z navbatida xalqaro harbiy hamkorlikni rivojlantirish dasturi asosida yangicha dasturlari bilan akademiya o`qituvchilari va kursantlarga taqdimot o`tkazishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar