AsosiyDunyo

Iqlim masalalariga bag`ishlangan sammit bo`ldi

'Iqlim masalalariga bag`ishlangan sammit bo`ldi'ning rasmi

Bir qancha davlatlar sayyoramizdagi tropik o`rmonlarni himoya qilish uchun 500 million dollardan ortiq mablag` ajratishini ma`lum qildi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Nyu Yorkda iqlim masalalariga bag`ishlangan sammit bo`lib o`tdi. Unda o`rmonlarni himoya qilish masalasi muhokamalar markazida turibdi. Jumladan, yangi dasturga muvofiq bu yili yong`inlardan qattiq aziyat chekayotgan Braziliyadagi Amazonka o`rmonlari himoyasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Fransiya ushbu dastur doirasida 100 million dollar mablag` ajratishini ma`lum qildi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterish daraxtlarning kesilishini to`xtatish va o`rmonlarni qayta tiklash xalqaro ahamiyatdagi muhim vazifa ekanligini ta`kidladi.

Amazoniya o`rmonlari judda katta miqdordagi karbonat angidrid gazlarini yutgani sababli “sayyoramiz o`pkasi”ga qiyoslanadi. Ko`pchilikning fikricha, Braziliyadagi o`rmon yong`inlari odamlar tomonidan qasddan o`t qo`yish oqibatida yuzaga keladi. Yong`inlardan so`ng bo`shagan erlar esa fermerlarga sotiladi. Buyuk Britaniya bosh vazi Boris Djonson London 270 million AQSh dollari miqdorida maxsus fond tashkil etishini rejalashtirayotganini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar