Bojxona organlari xodimlari giyohvand moddalar savdosiga qarshi keskin kurash olib borishmoqda.
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan o`tkazgan tezkor tadbiri davomida marixuana giyohvandlik moddasining g`ayriqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
G`ijduvon tumanida o`zining “Neksiya” rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotgan fuqaro J.Sh. tezkor guruhvakillari tomonidan to`xtatilib, avtomashinasi tegishli tartibda ko`zdan kechirildi.
Natijada, avtotransport vositasining old yo`lovchi o`rindig`i ostiga 8 dona gugurt qutilariga joylashtirilgan umumiy og`irligi
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.