AsosiySiyosat

Xalqaro konferensiyada yadro va radiasiya xavfsizligi masalalari muhokama qilindi

'Xalqaro konferensiyada yadro va radiasiya xavfsizligi masalalari muhokama qilindi'ning rasmi

Joriy yil 24-27 sentyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti tomonidan tashkil etilgan Yadro fizikasi institutining VVR-SM rusumidagi tadqiqot reaktorining 60-yilligiga bag`ishlangan “Yadro fizikasi va yadroviy texnologiyalarning hozirgi zamon muammolari” (“Modern Problems of Nuclear Physics and Nuclear Technologies”) mavzusida an`anaviy 9-Xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi.

Bugungi kun fanida elementar zarralar va atom yadrosi fizikasi, yadroviy texnologiyalar va yadroviy energetika, kondensirlagan holat fizikasi ilmiy yo`nalishlarida erishilgan natijalar va ularning istiqbollari hamda yadroviy va radiasiyaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilish va bu masalalar atrofida dunyo olimlari hamjixatligini kuchaytirish konferensiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

4 kun davom etgan konferensiya ishida elementar zarralar va atom yadrosi fizikasi, yadroviy texnologiyalar va yadroviy energetika, kondensirlangan materiallar radiasion fizikasi, yadroviy va radiasiyaviy xavfsizlik kabi masalalar muhokama qilindi.

Ushbu xalqaro konferensiyada dunyoning 18 mamlakatidan, xususan, Turkiya, Avstriya, Koreya, Avstraliya, Italiya, Belgiya, Indiya, Gonkong, Germaniya va Buyuk Britaniya, MDH davlatlari - Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Qozog`iston va Ozarbayjondan 180 nafarga yaqin olimlar ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar