Bugungi kunda fuqarolarning dardu-tashvishini eshitish, turli-xil muammoli masalalarga qonuniy echim topish, shuningdek, ularga har tomonlama ko`maklashib, har bir shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat organlari va tashkilotlarining eng ustivor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabul Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo`jaev ishtirokida o`tkazildi.
Sayyor qabulda, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, ichki ishlar, sud-huquq, qishloq xo`jaligi, uy-joy, soliq, bojxona, kommunal soha va boshqa masalalarga oid murojaatlari atroflicha o`rganildi.
Sayyor qabulda, Jizzax viloyat prokuraturasi hamda Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etdi. Tadbir davomida, aholi tomonidan o`zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rildi. Sayyor qabul davomida 30 taga yaqin fuqarolarlarning murojaati eshitildi.
Misol uchun:
- fuqaro A.Hakimovning jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyat sudining ajrimini bekor qilish yuzasidan protest kiritish;
- jinoyat ishlari bo`yicha Jizzax shahar sudining qaroriga asosan qarzdor T.Sultonovdan fuqaro M.Pardaeva foydasiga 101 million so`mdan ortiq mablag`ni undirish;
- fuqarolik ishlari bo`yicha Jizzax tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan qarzdor F.Sherbo`taevdan fuqaro T.Mahkamova foydasiga
17 million so`m undirish;
- fuqaro S.Ahmedov va D.Omonovning ishga joylashish kabi murojaatlari nazoratga olingan bo`lib, ularni hal etish choralari ko`rilmoqda.