AsosiyDunyo

Dog`istonda mudhish qotillik yuz berdi

'Dog`istonda mudhish qotillik yuz berdi'ning rasmi

Rossiya Tergov qo`mitasining Dog`istondagi respublika bo`limiga ko`ra, maxachqal`alik o`spirin ikki tanishi bilan birga otasini o`ldirishda ayblanmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Tergov ma`lumotlariga ko`ra, 16 yoshli Maxachqal`a fuqarosi otasi bilan yomon munosabatda bo`lgan, chunki u spirtli ichimliklarni iste`mol qilgan va o`g`lini muntazam ravishda kaltaklagan. Shu asosda o`smir otasini o`ldirishga qaror qiladi va buning uchun u 17 va 18 yoshdagi ikkita do`stini olib keladi.

Shu yilning 22 sentyabr kuni Maxachqal`aning Kirovskiy tumani Zagorodni qishlog`ida 55 yoshli erkakning uyida, o`spirinlar uning boshiga temir trubka bilan urgan.

Jabrlanuvchi voqea joyida olgan jarohatlari tufayli vafot etgan. Keyin jinoyatchilar jasadni yuk mashinasida o`rmonga olib borib tashlangan.

Hozirda tergov talabi bilan sud ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo`lladi.

    Boshqa yangiliklar