AsosiySiyosat

Farg`onada muhim siyosiy jarayonga tayyorgarlik boshlandi

'Farg`onada muhim siyosiy jarayonga tayyorgarlik boshlandi'ning rasmi

Farg`onadajoriy yilning dekabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlariga bo`lib o`tadigan saylov jarayonlarini yoritishga bag`ishlangan davra suhbati o`tkazildi.

Farg`ona viloyatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o`tkazuvchi 17 ta xalq deputatlari viloyat kengashiga saylov o`tkazuvchi 60 ta tuman va shahar kengashlariga saylov o`tkazuvchi 567 ta saylov okrugi hamda bir ming qirq sakkizta uchastka saylov komissiyasi tuziladi. Ayni kunlarda bo`lajak saylovlarga qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda.

Davra suhbatida mamlakatimizda saylov kompaniyasiga start berilgani, endilikda ommaviy axborot vositalarining oldida bajarilishi lozim bo`lgan muhim vazifalari turgani qayd etildi. Shuningdek, saylov oldi targ`ibot ishlarida xolislikni ta`minlash, har bir partiyaning faoliyatini yoritishda nimalarga e`tibor qaratish lozimligi haqida fikr almashildi. Saylovning yuqori darajada o`tishida jurnalistlarning faolligi muhim ahamiyatga ega ekanligi hayotiy fikrlar bilan tushuntirildi.

Fotima O`KTAMOVA

    Boshqa yangiliklar