AsosiySiyosat

«Turizm fidoyisi» ko`krak nishoni ta`sis etiladi

'«Turizm fidoyisi» ko`krak nishoni ta`sis etiladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining “Turizm fidoyisi” ko`krak nishoni to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi.

Qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5781-sonli farmoni bilan Turizm sohasini rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun “Turizm fidoyisi” ko`krak nishoni ta`sis etilgan.

“Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining buyurtmasiga asosan Ko`krak nishoni va uning guvohnomasini belgilangan tartibda tayyorlanishini ta`minlaydi.

“Turizm fidoyisi” ko`krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog`liq xarajatlar O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi inobatga olinadi.

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining “Turizm fidoyisi” ko`krak nishonini O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo`shgani uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, xususiy sektor, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlarga “Butunjahon turizm kuni” – 27 sentyabrda berish to`g`risidagi taklifi ma`qullanishi mumkin.

“Turizm fidoyisi” ko`krak nishoni to`g`risidagi nizomga ko`ra, ko`krak nishoni bilan O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga va ommalashtirishga munosib hissa qo`shgan davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, xususiy sektor, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar xizmatlari va faol targ`ibot ishlari uchun taqdirlanadilar.

Ko`krak nishoni bilan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Mahalliy darajadagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va xususiy sektor korxonalari har yili 1 avgustga qadar o`z xodimlarini ko`krak nishoni bilan taqdirlash bo`yicha takliflarni tegishlicha O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining hududiy bo`linmalariga taqdim etadi.

Respublika darajasidagi davlat organlari, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va tashkilotlar har yili 1 avgustga qadar o`z xodimlarini ko`krak nishoni bilan taqdirlash bo`yicha takliflarni O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga taqdim etadi.

Nomzod bo`yicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzodning ob`ektivka-ma`lumotnomasi, so`nggi uch yil davomida u tomonidan turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar taqdim etiladi.

Qo`mitaning hududiy bo`linmalari tomonidan nomzodlar bo`yicha taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda o`rganib chiqiladi va nomzodlar yuzasidan xulosalar har yili 20 avgustga qadar Qo`mitaga taqdim etiladi.

Qo`mitaning hududiy bo`linmalari va tizim tashkilotlari rahbarlari o`z tashabbusiga ko`ra ham nomzodlar to`g`risida har yili 20 avgustga qadar Qo`mitaga taklif kiritishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi tomonidan ko`krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko`rib chiqish bo`yicha komissiya tashkil etiladi.

Komissiya yig`ilishida nomzodlar bo`yicha hujjatlar o`rganilib, har yili 15 sentyabrga qadar eng munosib nomzodlar bo`yicha yakuniy xulosa chiqariladi.

Komissiya tomonidan nomzodlarni ko`krak nishoni bilan taqdirlashda quyidagilar inobatga olinadi:

xorijda O`zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va keng auditoriya o`rtasida mamlakatimiz turizm salohiyatini targ`ib etishdagi faolligi;

zamonaviy turizm mahsulotlari va innovasion echimga ega xizmatlarni yaratish bo`yicha samarali faoliyatni amalga oshirganligi;

O`zbekistonda turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan xorijiy investisiyalarni jalb etishdagi samarali faoliyati;

etakchi xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida O`zbekistonning turizm salohiyatini targ`ib qilish hamda mamlakatda turizm sohasida olib borilayotgan islohotlarni keng ommaga etkazishga qaratilgan materiallar soni va ommalashganligi;

turizm sohasidagi davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda faol ishtirok etganligi;

turizmning alohida turlarini rivojlantirish va turizm yo`nalishlari jozibadorligini oshirishdagi faolligi;

turistlarga ko`rsatiladigan xizmat turlarini ko`paytirish hamda xizmatlar sifatini yaxshilash bo`yicha sa`y-harakatlari;

turizm sohasidagi tadbirkorlik sub`ektlarining huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi samarali faoliyati;

turizm to`g`risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirganligi;

madaniy meros ob`ektlarini saqlash, rivojlantirish va targ`ib qilishda faol ishtirok etganligi;

turizm va servis sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashda ko`p yillik tajribaga egaligi, ustoz-shogird an`analarini joriy etganligi, mahalliy va xalqaro xalqaro grant loyihalarida faol qatnashganligi;

turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari va mavjud muammolarni chuqur ilmiy tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan taklif, yangilik va ishlanmalarining dolzarbligi va amaliyotga joriy etilganligi;

turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yangi turizm yo`nalishlarini tashkil etish borasidagi samarali faoliyati;

turizm infratuzilmasi ob`ektlarida sanitar-gigienik holatni yaxshilash ishlariga katta hissa qo`shganligi;

turizm va unga yondosh sohalarda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini olib borib, samarali davlat-xususiy sektor sherikligi loyihalarini amalga oshirganligi;

O`zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishning normativ-huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda davlat organlari o`rtasida hamkorlikni rivojlantirish yo`nalishidagi hissasi;

turizm sohasida O`zbekiston va xorijiy mamlakatlar o`rtasida hamkorlikni rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlash bo`yicha samarali faoliyati va boshqalar.

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi o`z tashabbusi bilan ham ko`krak nishoni bilan taqdirlashi mumkin.

    Boshqa yangiliklar