AsosiySiyosat

Valentina Matvienko Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo`ydi (Foto)

'Valentina Matvienko Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo`ydi (Foto)'ning rasmi

1 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko mamlakatimizga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva, O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Ilhomjon Ne`matov, Rossiya Federasiyasining O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Shu kuni Valentina Matvienko O`zbekiston davlat akademik rus drama teatriga tashrif buyurdi. Rossiya Federasiyasi delegasiyasiga “Bankrot ili svoi lyudi sochtemsya” nomli spektakl namoyish etildi.

Bugun, 2 oktyabr kuni Valentina Matvienko Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo`ydi. So`ng Oliy Majlis Senatiga piyoda bordi.

Fotolavha:


Fotomuxbir: Omil Xakimov

    Boshqa yangiliklar