AsosiyMadaniyat

​"Toshkent-66" filmi ishlanadi

'​"Toshkent-66" filmi ishlanadi'ning rasmi

Rossiya va O`zbekiston vakillari kinematografiya sohasida beshta hamkorlik memorandumini imzoladilar. Xususan, "Mars Media" kino kompaniyasi rahbari Ruben Dishdishyan va "O`zbekkino" milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov "Toshkent-66" filmining suratga olish jarayonini O`zbekistonda tashkil etish to`g`risida kelishib olishdi. Shuningdek, "Megogo" va "O`zbekkino" Milliy agentligi o`rtasida “Xo`ja Nasriddin" filmini ishlab chiqarish to`g`risida memorandum imzolandi.

Rejissor Yusuf Roziqov TASS agentligiga bergan intervyusida, rejissyor va ssenarist Rauf Kubaev bilan "Toshkent-66" filmiga ssenariy yozishni boshlamoqchi ekanliklarini aytdi. Kinokartina drama janrida suratga olinadi.

"Biz yoshligimiz, hatto bolaligimizga bag`ishlangan filmni suratga olishni xohlaymiz. Toshkentda dahshatli zilzila bo`lgan paytlar bizning yoshlik paytlarimizga to`g`ri kelgan. Biz tabiiy ofat haqida emas, balki sodir bo`lgan voqealar va hayotimizda qanday o`zgarishlar bo`lganini eslash niyatidamiz" , deydi Roziqov.

    Boshqa yangiliklar