Rossiyaning “Megogo" va "O`zbekkino" Milliy agentligi o`rtasida “Xo`ja Nasriddin" filmini ishlab chiqarish to`g`risida memorandum imzolandi.
Moskva va Qozon shaharlarida o`tkazilayotgan “O`zbek kinosi” kunlari doirasida "O`zbekkino" Milliy agentligi Rossiyaning bir qator kino kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolagan. Bu haqda "O`zbekkino" milliy agentligi matbuot xizmati vakili Barno Ungboeva xabar berdi.
“Megogo" kino kompaniyasi bilan “Xo`ja Nasriddin" filmini ishlab chiqarish to`g`risida memorandum imzoladi.
Bundan tashqari, "O`zbekkino" "Mars Media" kino kompaniyasi bilan Toshkent zilzilasiga bag`ishlangan "Toshkent-66" filmini suratga oladi.
Ma`lumot o`rnida
Megogo Sharqiy Evropa va MDH davlatlarida oilaviy videoservis hisoblanadi. Kanal kontenti rus tilidan tashqari, ingliz, fransuz, turk, qozoq va boshqa tillarda chiqadi. 2017 yil kuzida kompaniya har oylik auditoriyasini 55 million foydalanuvchilar tashkil qilishini ma`lum qilgandi.