1

Hozirgi futbol yulduzlari o`z tashqi ko`rinishlarini qanchalik o`zgartirishgan?

Sport 25.12.2014, 18:09
Hozirgi futbol yulduzlari o`z tashqi ko`rinishlarini qanchalik o`zgartirishgan?

Jahon miqiyosidagi yulduz darajasiga ko`tarila olgan futbolchilarning aksariyati yoshlik chog`idayoq yuksak iqtidorga ega ekanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. 
Misol uchun, Krishtianu Ronaldu  12 yoshligidayoq “Sporting” jamoasi prezidentining e`tiborini o`ziga qarata olgandi. Jerar Pikeni bo`lsa 17 yoshlik paytida shaxsan Ser Aleks Fergyuson “Manchester Yunayted”ga olib kelinishi uchun qayg`urgani kishi diqqatini tortadi. 
Bunday misollar jahon futboli tarixida juda ko`p. Bugun biz sizlarga juda yosh paytidayoq ko`pchilikning nazariga tushgan charm to`p ustalari so`nggi o`n yil ichida qanchalik o`zgarishgani haqida ma`lumot bermoqchimiz.  
Xo`sh, futbol yulduzlari so`nggi o`n yil ichida tashqi ko`rinishlarini qanchalik darajada o`zgartirishdi?! 
Ronaldu.jpg
 Krishtianu Ronaldu (2004-2014 yillar). Bugungi kun futbolining tashrif qog`ozida ism-sharifi bitilgan futbolchilardan biri hozir 29 yoshda. Uning 19 yoshda qanday ko`ringaniga esa o`zingiz baho berishingiz mumkin. 
PIKE.jpg
 Jerar Pike (2004-2014 yillar). “Barselona” etakchilaridan biri hozirda 27 yoshga kirib ulgurgan. U 17 yoshidayoq “MYu” futbolchisi sanalardi. 
Messi.jpg
 Lionel Messi (2005-2014 yillar). 27 yoshli argentinalik iqtidor egasi bundan 9 yil avval ancha g`o`r, ammo shijoatga to`la ko`rinardi. Ushbu muddat mobaynida u o`z mahoratini aql bovar qilmas darajada oshirishga muvaffaq bo`lganiga guvoh bo`lib turibmiz. 
Neymar Jr.jpg
 Neymar (2009-2014 yillar). 22 yoshli ulkan iste`dod egasi 7 yoshga qadam qo`ymasdanoq “Santos” akademiyasiga kelib joylashgandi. Endilikda u yaqin kelajakning eng kuchli futbolchisi bo`ladi, deya e`tirof etilayotgani bor gap. 
Shvaynshtayger.jpg
 Bastian Shvaynshtayger (2002-2014 yillar). Allaqachon 30 yoshni “urib” qo`ygan “Shvayni” 14 yoshida “Bavariya”ga kelgandi. O`shandan buyon u Myunxen super klubi bilan birga. 
Robben.jpg
 Aren Robben (2002-2014 yillar). “Bavariya”, “Real”, “Chelsi”, “PSV” kabi mashhur jamoalar tarkibida birdek muqobil o`yin ko`rsatgan Robben 18 yoshida “Groningen” o`yinchisi sanalardi. Qiziq, u o`sha paytda keyinchalik faoliyatini grand jamoalarda o`tkazishi mumkinligini hayoliga keltirganmikan... . 
Runi.jpg
 Ueyn Runi (2002-2014 yillar). 29 yoshli futbolchi faoliyatini “Everton”da boshlagan. Hozirda u “qizil iblislar” etakchilaridan biri.
Iniesta.jpg
 Andres Inesta (2002-2014 yillar). Hozir 30 yoshga kirgan tajribali yarim himoyachi 12 yoshidayoq hayotini “Barselona” bilan bog`lashga qaror qilgan. 
Gyotse.jpg
 Mario Gyotse (2007-2014 yillar). 22 yoshli hujumkor yarim himoyachi yozda Braziliya yashil maydonlarida o`tgan Jahon chempionati finalida gol kiritib, ko`pchilikning nazariga tushdi. Ko`plab muxlis-u mutaxassislar Gyotseni yorqin kelajak kutayotganini ta`kidlashmoqda. 

Manba: www.sports.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1