AsosiySport

G`olib bo`lgan polvonga 10 000 dollar mukofot bor

'G`olib bo`lgan polvonga 10 000 dollar mukofot bor'ning rasmi

2019 yilning 5-6 oktyabr kunlari Termiz shahrida kurash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bag`ishlangan XIV xalqaro turnir yana dunyo polvonlari va kurash ixlosmandlarini qadim Surxon vohasiga jamlaydi.

Bu yilgi musobaqada hozircha 47 davlatdan 110 nafar sportchi ishtirok etish istagini bildirgan.

Turnir yoshlar o`rtasida 10 ta vazn toifasida (55, 66, 73, 81, 90, +100 kg. vazn toifalarida o`g`il bolalar, 48, 57, 70, +78 kg. vazn toifalarida qizlar o`rtasida), kattalar o`rtasida esa mutlaq vazn toifasida bo`lib o`tadi.

Turnirning mukofot jamg`armasi 100 ming dollar bo`lib, yoshlar o`rtasida 10 ta vazn toifasidagi bellashuvlar g`oliblariga birinchi o`rinlar uchun 3 000 dollar, ikkinchi o`rinlar uchun 2 000 dollar, ikkita uchinchi o`rinlar uchun 1 000 dollardan jami 70 000 dollar taqdim etiladi.

Mutlaq vaznda g`olib bo`lgan polvon O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10 000 dollarga sazovor bo`ladi. Ikkinchi o`rin sohibi 5 000 dollar, ikkita uchinchi o`rin sohiblari 3,5 000 dollardan jami 22 000 dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Uchinchi o`rin sohiblaridan keyingi 4 nafar ishtirokchining har biriga esa 2 000 dollardan jami 8 000 dollar pul mukofoti ta`sis etilgan.

    Boshqa yangiliklar