1

"Uyga erimning jiyani da`vogarlik qilyapti..."

Savol-javob 04.10.2019, 13:09
"Uyga erimning jiyani da`vogarlik qilyapti..."

— Turmush o`rtog`im u bilan birga yashagan davrimizda sotib olgan uyimizni jiyanining nomiga vasiyat qilib qoldirgan ekan. Uyni turmush o`rtog`imning nomiga sotib olgan edik. Shu sababli turmush o`rtog`imning vafotidan so`ng uning jiyani uyga da`vo qilyapti. Mening ham shu uyda haqqim bormi?

J. Sotimova, Toshkent shahri Yunusobod tumani

Abdunosir IGAMBERDIEV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi sudyasi:

— Qonunchilikka ko`ra, fuqaroning o`ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat, deb e`tirof qilinadi. Meros qoldiruvchi har qanday mol-mulk to`g`risidagi farmoyishni o`z ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga haqli. Shuningdek, Oila kodeksining 23-moddasiga ko`ra er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo`lajak er-xotinning umumiy mablag`lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko`rsatilmagan bo`lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Siz turmush o`rtog`ingiz bilan uy-joyni nikoh davrida sotib olganingiz sabab, ushbu uy-joy siz va turmush o`rtog`ingizning birgalikdagi umumiy mulkingiz bo`lib, vasiyat faqat uy-joyning turmush o`rtog`ingizga tegishli qismiga aloqador bo`ladi. Ushbu uyga nisbatan mulk huquqingiz bo`lib, mulkning Sizga tegishli ½ qismiga vasiyatnoma asosida meros huquqi merosxo`rga o`tmaydi. Turmush o`rtog`ingizning jiyani vasiyat bo`yicha uyning teng yarmiga merosxo`r bo`lishi mumkin.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Facebook

Twitter

Google+

WhatsApp

VK

Telegram

Kommentarii

O`xshash

Tug`ruq ta`tilida bo`lsam ham ishdan bo`shatishmoqchi...

AQSh Evropa ittifoqi mahsulotlarga qo`shimcha bojlar joriy etadi

Sudga chaqirmay, qarzni undirish mumkinmi?

Markaziy bank ustav kapitalini 2 mlrd. so`mdan 1 trillion so`mgacha etkaziladi

Sariosiyolik fuqaroning uyi hokimlik tomonidan haqiqatdan ham noqonuniy buzib tashlanganmidi?

Xalq ta`limi vazirligi 2020 yilda tizimni rivojlantirish bo`yicha takliflar yig`moqda

JAMIYaT

Sariosiyolik fuqaroning uyi hokimlik tomonidan haqiqatdan ham noqonuniy buzib tashlanganmidi?

04.10.2019, 12:19

Xalq ta`limi vazirligi 2020 yilda tizimni rivojlantirish bo`yicha takliflar yig`moqda

04.10.2019, 11:57

DUNYo

AQSh Evropa ittifoqi mahsulotlarga qo`shimcha bojlar joriy etadi

04.10.2019, 12:46

Arabistonida ayollarga harbiy bo`lishga ruxsat berildi

03.10.2019, 22:15

SPORT

G`olib bo`lgan polvonga 10 000 dollar mukofot bor

03.10.2019, 17:05

Bokschi Bahodir Jalolovga uy berildi

01.10.2019, 17:00

MUTOLAA

Qaytar dunyo (Ibratli hikoya)

29.09.2019, 20:00

Olibqochdievning sayyor qabuli (Feleton)

13.09.2019, 17:18

JINOYaT

DXX Qirg`izistondan olib kirilgan giyohvand moddalarni musodara qildi

04.10.2019, 09:27

Toshkentda fohishaxona fosh qilindi

04.10.2019, 08:58

SAVOL-JAVOB

Tug`ruq ta`tilida bo`lsam ham ishdan bo`shatishmoqchi...

04.10.2019, 12:54

Sudga chaqirmay, qarzni undirish mumkinmi?

04.10.2019, 12:44

ShOU-BIZNES

Munisa Rizaeva 700 dollar muhokamalariga javob berdi

30.09.2019, 18:41

Mirzabek Xolmedov vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi...

30.09.2019, 09:42

SUG`DIYoNA

Diqqat, bizda yangi tanlov!

20.06.2019, 12:43

Diqqat, yangi tanlov: «Ideal ona»

20.06.2019, 12:37

ShOU-BIZNES

SALOMATLIK

HI-TECH

OLOY BOZORINING NOMINI O`ZGARTIRISh KERAKMI?

Ommabop

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1