1

Vitaliy Denisov RFPL legionerlar terma jamoasidan o`rin oldi

Sport 26.12.2014, 09:42
Vitaliy Denisov RFPL legionerlar terma jamoasidan o`rin oldi

Sportbox.ru sayti Rossiya chemponatining har bir turidan so`ng o`z o`quvchilarining ovozlari natijasida eng yaxshi 11 nafar futbolchi nomini aniqlab bordi va ushbu hisob-kitoblar orqali mavsumning birinchi qismi uchun legionerlar terma jamoasini tuzib chiqdi.

O`zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi futbolchisi Vitaliy Denisov ushbu ramziy jamoaning chap qanotidan o`rin oldi. "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedov ushbu jamoadan o`rin olmadi.

Ramziy terma jamoa bilan tanishing:

Darvozabon: Stipe Pletikosa ("Rostov", Xorvatiya)
Himoyachilar (o`ngdan chapga): Mario Fernandes (SSKA, Braziliya), Vedran Chorluka ("Lokomotiv"), Esekel Garay ("Zenit", Argentina), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv", O`zbekiston).
Yarim himoyachilar (o`ngdan chapga): Mate Valbuena ("Dinamo", Fransiya), Muborak Bussufa ("Lokomotiv", Marokash), Roman Eremenko (SSKA, Finlyandiya), Migel Danni ("Zenit", Portugaliya).
Hujumchilar: Xalk ("Zenit", Braziliya), Seydu Dumbiya (SSKA, Kot-d’Ivuar).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1