AsosiyJamiyat

Maktabgacha ta`lim vazirligi mobil va modulli MTTlarni taqdim etdi (Foto)

'Maktabgacha ta`lim vazirligi mobil va modulli MTTlarni taqdim etdi  (Foto)'ning rasmi

2019 yil 4 oktyabr kuni mobil va modulli maktabgacha ta`lim muassasalarining taqdimoti bo`lib o`tdi. Ular oddiy MTTlarni qurish imkonsiz bo`lgan chekka qishloq joylari, tog`li hududlar va borish qiyin bo`lgan aholi punktlari uchun mo`ljallangan.

2019 yil 4 oktyabr, Toshkent - Maktabgacha ta`limning muqobil shakllari taqdimotida MTV tomonidan 16 ta qayta jihozlangan avtobuslar, bolalar maydonchalari bo`lgan ikkita avtoturargoh va 2 ta modulli MTT taqdim etildi.

Isuzu HC 40 rusumli avtobuslar asosida harakatlanadigan MTTlar belgilangan yo`nalish bo`ylab harakatlanadi. Ko`chma guruhlarda bo`lish muddati 3 soatdan oshmaydi, maksimal soni 3 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan 16 nafar bola bo`ladi. Darslarni barcha tarbiyalanuvchilar uchun qiziqarli qilish maqsadida, MTV mutaxassislari turli yoshdagi guruhlar uchun maxsus dastur ishlab chiqdilar, o`qituvchilar esa tegishli tayyorgarlikdan o`tdilar.

O`quv-tarbiyaviy jarayon ikki smenada, majburiy ovqatlanishsiz, lekin engil tamaddini isitish imkoniyati bilan amalga oshiriladi. Mashg`ulotlarning katta qismi ochiq havoda o`tkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun yo`nalishning har bir nuqtasida chodir, to`siqlar, o`rindiqlar, tepaliklar, arg`imchoqlar, o`yin uychalari va qum maydonchasi bilan jihozlangan avtoturargoh bo`ladi.

«Ko`chma va modulli bolalar bog`chalarining tashkil etilishi mintaqalardagi maktabgacha tarbiya tashkilotlarining kuchli etishmasligidan ifodalanadigan muhim qadamdir. Maktabgacha ta`lim vazirligining ikki yillik faoliyati davomida, respublika miqyosida 120ta yangi davlat MTTlar ochildi, ammo bu etarli emas. Agar Toshkentda biz 80,6% maktabgacha ta`lim bilan qamrab olgan bo`lsak, poytaxt va yirik shaharlardan tashqarida bu ko`rsatkichlar ancha past. MTMga bormaydigan bolalar foizi 90% ni tashkil etadigan hududlar mavjud.Qurilish - uzoq vaqt talab qiladigan va qimmatga tushadigan jarayon bo`lib, ba`zi joylarda elektr va kanalizasiya bilan bog`liq muammolar, shuningdek, bolalarning etarlicha bo`lmasligi sababli bu jarayon hozircha imkonsiz. Bundan tashqari, ta`lim hozirdanoq talab etiladi, axir maktabgacha yoshdagi bolada aqliy faollikka bo`lgan ehtiyoj keskin ortadi.

Rekord darajadagi qisqa vaqtda joriy etilishidan tashqari, maktabgacha ta`limning muqobil shakllari kamroq xarajat talab qilishi bilan ham ajralib turadi. Uzoq va chekka hududlarda juda oz sonni tashkil etuvchi bolalar uchun oddiy MTTni qurishdan ko`ra, 7ta modulli yoki 7 harakatlanuvchan (avtobuslar yordamida) MTTlarni joriy etish o`sha hududlarda yashovchi bolalarni maktabgacha ta`lim bilan tezroq qamrashga ko`mak beradi»,- dedi O`zbekiston Maktabgacha ta`lim vaziri Agrippina Shin.

Mobil MTM loyihasi MTV maktabgacha ta`lim sohasi siyosatini shakllantirish va boshqarish Bosh boshqarmasi va "O`zavtosanoat" AK tomonidan amalga oshirildi.

"Mobil MTM loyihasi doirasida "O`zavtosanoat" AK mutaxassislari nafaqat avtobuslarni qayta jihozlab, haydovchilarni o`qitishdi, balki sho`ba korxonalari bazasida bolalar maydonchalari uchun mebel va aksessuarlarni tayyorlashni yo`lga qo`ydilar.

Ishlab chiqarish butunlay mahalliylashtiriladi, bu esa kerak bo`lganda avtoparkni tezda kengaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, biz har bir joyda yo`nalish va vaqtni nazorat qilib borish uchun avtobuslarga GPS-trekerlarini o`rnatamiz”, - dedi «O`zavtosanoat» AK boshqaruv raisi Shavkat Umurzoqov.

Maktabgacha ta`lim vazirligi modulli maktabgacha ta`lim tashkilotlari namunalarini ham taqdim etdi. Har bir tuzilma bir-biriga bog`langan to`rtta dengiz konteynerlaridan iborat bo`ladi. Asosiy joy bolalar mebellari, o`yinchoqlari va o`quv materiallari bilan jihozlangan mashg`ulot va o`yin maydoni uchun ajratilgan. To`liq kunlik guruhlar uchun engil bo`lgan, yig`iluvchan krovatlar ko`zda tutilgan.

«Modulli va mobil MTTlar maktabgacha ta`lim sohasibugungi kunda muhtoj bo`lgan tezkor va samarali echim bo`ladi. Ular infratuzilmalarga bog`liq bo`lmaydi, chunki ular barcha zarur narsalar bilan jihozlangan: hojatxona, issiq va sovuq suv ta`minoti, tayyor ovqatni isitish uchun oshxona, kondisionerlar bilan jihozlangan, avtobuslarda esa quyosh batareyalari o`rnatilgan.

Mobil MTTlar loyihasi respublika bo`yicha44 ta manzilni o`z ichiga qamrab oladi - aslida bu 44 ta kichik-MTTlar bo`lib, ular orqali 2 ming nafar bolakay qamrab olinadi. Biz tumanlar qanday sharoitda yashayotganini va ota-onalar ushbu loyihani qanday kutganligini bilamiz. Avtobuslar ishga tushishidan oldin ham ular vazirlikdan farzandlarini mobil guruhlarga yozishni so`rab xat yozishardi. Mobil MTTga qatnash bepul bo`lishi juda muhim ahamiyatga egadir.

Shuningdek, kichik aholi punktlarida konteynerlardan iborat bo`lgan MTTlar paydo bo`ladi. Modulli MTTlarni qurish ishlari atigi ikki oyni tashkil etadi, bu odatiy binoning qurilishidan ancha tezroq. Bundan tashqari, ular turli xil qo`shimchalarni joriy etish imkonini beradi: qo`shimcha bloklar yordamida maydonni osongina kattalashtirish mumkin, shuningdek qismlarga ajratib, yangi joyga ko`chirish mumkin", - dedi, MTV Maktabgacha ta`lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish Bosh boshqarmasi boshlig`i Shahnoza Mirziyoeva.

Mobil va modulli MTTlarni qurish va pardozlash ishlarida issiqlikka, olovga chidamli va sog`liq uchun zararsiz bo`lgan materiallar qo`llaniladi.

Turin politexnika universiteti mutaxassislari mobil MTTlar, "UzAutoTRAILER" MChJ esa modulli MTTlarning loyihalashtiruvchilari bo`ldilar.

Boshqa yangiliklar