AsosiySiyosat

To`yxona egalari nimalarga amal qilishga majbur?

'To`yxona egalari nimalarga amal qilishga majbur?'ning rasmi

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati kengashlarining qo`shma qaroriga binoan ishlab chiqilgan “To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish to`g`risida”gi nizomga ko`ra, to`yxona, kafe va restoranlarda to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarni o`tkazishga ham ma`lum bir talablar qo`yildi.

To`yxona egalari quydagilarga amal qilishga majbur:

  • to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar ishtirokchilari soniga, ularni o`tkazish vaqtiga qat`iy rioya etish;
  • atrofda yashovchi aholining tinchligi va osoyishtaligini hamda maishiy shovqinga qarshi kurash bo`yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzmaslik;
  • oziq-ovqat mahsulotlari sifat sertifikati talablari darajasida bo`lishi hamda sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etish lozim.

To`yxona, kafe va restoranlarda 50 va undan ortiq shaxs ishtirokida to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazish uchun tadbir o`tkazuvchi shaxs hamda to`yxona, kafe va restoran rahbari o`rtasida shartnoma tuziladi. Shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari, ish va xizmat turi, to`lov, xarajatlar miqdori, tadbir ishtirokchilari soni, muddati hamda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar ko`rsatiladi.

To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarda san`atkorlar (xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, so`z ustasi, fotograf va boshqalar) qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida xizmat ko`rsatadi.

To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarda ikki nafardan ortiq xonandaning (guruhning) xizmat ko`rsatishiga yo`l qo`yilmaydi.

To`yxona, kafe va restoranlar ma`muriyati to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilayotganda xavfsizlik choralarini ta`minlashi shart.

    Boshqa yangiliklar