Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati kengashlarining qo`shma qaroriga binoan ishlab chiqilgan “To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish to`g`risida”gi nizomda To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarni muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalarining vazifalari ham aniqlab qo`yildi.
Hujjatga ko`ra, ushbu komissiyalarning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ø to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etadi, shuningdek, bu borada monitoringni amalga oshirish;
- keng jamoatchilik fikrini o`rgangan holda to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarni o`tkazishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqarish;
- to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarni ixcham, isrofgarchiliksiz va belgilangan talablar asosida o`tkazish bo`yicha aholi o`rtasida targ`ibot ishlarini olib boradi hamda o`rnatilgan tartibga rioya etmagan fuqarolarni mahalla fuqarolar yig`iniga taklif qilgan holda jamoatchilik o`rtasida muhokama qilish.






