AsosiySiyosat

Surxondaryoda Obizarang sel suv ombori quriladi

'Surxondaryoda Obizarang sel suv ombori quriladi'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Obizarang sel suv omborini qurish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi qarori loyihasi joylashtirildi.

 

Qaror loyihasiga ko`ra, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida er va suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug`oriladigan er maydonlarining suv ta`minotini yaxshilash, sel-toshqin suvlarining salbiy ta`sirini yumshatish maqsadida Obizarang sel suv ombori quriladi.

Bosh loyiha tashkiloti — «O`zsuvloyiha» AJ tomonidan 13,15 million kub metr hajmdagi mazkur sel suv omborini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari ishlab chiqilgan.

Loyihani amalga oshirish muddati 2023 yil 30 aprel etib belgilanishi ko`zda tutilmoqda.

Ushbu qaror loyihasi 30 sentyabr kuni portalga joylashtirilgan. Taklif va mulohazalaringiz 15 oktyabrgacha yozib qoldirishingiz mumkin. 

    Boshqa yangiliklar