AsosiySiyosat

OIV qarshi kurashish uchun 57,911,290,000 mlrd so`m va 9,912,200 mln AQSh dollari talab etilmoqda

'OIV qarshi kurashish uchun 57,911,290,000 mlrd so`m va 9,912,200 mln AQSh dollari talab etilmoqda'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo`yicha kechiktirib bo`lmaydigan qo`shimcha chora-tadbirlar  to`g`risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

         Muhokamalar portalida Sog`liqni saqlash vaziri ushbu qarorni qabul qilishga nimalar sabab bo`layotganini tushuntirib bergan. Ma`lum qilinishicha, OIV infeksiyasi bo`yicha epidemik vaziyatning barqarorlashuvi va OIV infeksiyali shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordamning ta`minlanishi yaxshilanib borilishiga qaramasdan, 2030 yilga borib OIV infeksiyasi epidemiyasiga barham berishga erishish uchun “90-90-90” tamoyiliga muvofiq tadbirlarni amalga oshirish dolzarb masalalardan biri bo`lib qolmoqda. 

Ayni paytda tizimda bir qator muammolar o`z echimini kutmoqda. 

  • OITSga qarshi kurash markazlarining tuman darajasida tuzilmasi mavjud emas. Bu holat OIV infeksiyasi tarqalishini oldini olish va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni to`liq amalga oshirish va muvofiqlashtirish imkonini bermaydi.
  • Laboratoriyalarda har yili o`lchov asbob-uskunalarini Davlat standartlash markazida metrologik ko`rikdan o`tkazish zarurati mavjud bo`lib, viloyatlarda bunday kuriklarni tashkil etish uchun imkoniyatlar yaratilmagan.19 ta tumanlararo laboratoriyalar kapital ta`mirlashga muhtoj.
  • OITSga qarshi kurash markazlari xizmatida bo`lgan avtotransportlar talablariga javob bermaydi. 
  • Aholining, ayniqsa qishloq aholisining OIV infeksiyasi bo`yicha xabardorligini va kasallik yuqishini oldini olish bo`yicha hushyorligini oshirishmaqsadida Internet tarmog`ida OIV infeksiyasi masalalari bo`yicha maxsus axborot portalini yaratish zarur.
  • OITSga qarshi kurash markazlari poliklinikalari OIV infeksiyali bemorlarda ko`p uchraydigan ichki a`zolar kasalliklarini aniqlashga mo`ljallangan UTT, endoskop, bronxoskop, dansitometr, EKG diagnostik apparatlari bilan ta`minlanmagan.
  • Chet davlatga chiqib ketayotgan va qaytgan mehnat migrantlari, ularning oila a`zolari hamda OIV infeksiya bilan kasallangan bemorlarning yaqinlari orasida tushuntirish ishlari samarasini yanada oshirish talab etiladi.

Ushbu Qarorning qabul qilinishi orqali erishiladigan natijalar ham portalda batafsil yozilgan. Qaror loyihasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasida 2020-2022 yillarda OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo`yicha Davlat dasturini tasdiqlash nazarda tutilgan. Davlat dasturidagi tadbirlarni bajarilishi uchun jami 57,911,290,000 mlrd so`m va 9,912,200 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag` sarflanishi ko`zda tutilgan. Harajatlar O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari, xalqaro moliya tashkilotlari mablag`lari, byudjetdan tashqari jamg`armalar  mablag`lari, bajaruvchilarning byudjetdan tashqari mablag`lari hamda mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan qoplanadi.

    Boshqa yangiliklar