Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o`rta ta`lim muassasalarining o`rnak ko`rsatgan xodimlarini moddiy rag`batlantirish tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi 823-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan birga umumiy o`rta ta`lim muassasalarining o`rnak ko`rsatgan xodimlarini rag`batlantirishning direktor jamg`armasini tashkil etish va uning mablag`laridan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko`ra, jamg`arma umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standartlariga muvofiq o`quvchilarga ta`lim beradigan barcha tur va nomdagi umumiy o`rta ta`lim maktablari hamda maktab-internatlarida tashkil etiladi.
Jamg`arma umumta`lim muassasasida o`quv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishni rag`batlantirish, pedagog, psixolog
va kutubxona xodimlariga oylik ustama belgilash, umumta`lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, pedagog xodimlarning kasb mahorati va malakasini oshirishini rag`batlantirishni kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi.
Jamg`armaning vazifalari quyidagilardan iborat:
- umumta`lim muassasalarining o`rnak ko`rsatgan pedagog, psixolog
va kutubxona xodimlarining (ular umumiy sonining ko`pi bilan 50 foizi) bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yo`li bilan ularni moddiy rag`batlantirish; - umumta`lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish;
- tejalgan mablag`lar mavjud bo`lgan taqdirda, ushbu mablag`lar hisobidan xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo`yicha to`lanmagan nafaqalarni moliyalashtirish.
Qaror bilan birga umumiy o`rta ta`lim muassasalarining o`rnak ko`rsatgan xodimlarini rag`batlantirishning direktor jamg`armasini tashkil etish va uning mablag`laridan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko`ra, jamg`arma umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standartlariga muvofiq o`quvchilarga ta`lim beradigan barcha tur va nomdagi umumiy o`rta ta`lim maktablari hamda maktab-internatlarida tashkil etiladi.
Shu bilan birga, xalq ta`limi tizimida birinchi marta mazkur xujjat bilan o`qituvchilar uchun har oylik 100 foizlik ustamalar joriy etilmoqda. Ushbu ustama haq olish huquqini ko`lga kiritgan pedagog xodimlar (ustama olish davrida) shartli ravishda “A`lo darajali” pedagoglar deb yuritiladi.
Umumta`lim muassasasi rahbariga Jamg`arma mablag`lari hisobidan moddiy rag`batlantirish yuqori turuvchi tashkilot tavsiya asosida berilishi mumkin.