Avval xabar berganimizdek, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o`rta ta`lim muassasalarining o`rnak ko`rsatgan xodimlarini moddiy rag`batlantirish tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi 823-son qarori asosida qabul qilingan nizomga ko`ra, pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari ham belgilab qo`yildi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida belgilangan tartibda nazarda tutiladigan byudjet mablag`lari Jamg`arma mablag`larini shakllantirish manbalari hisoblanadi. Jamg`arma umumta`lim muassasasi mehnatga haq to`lash fondining 15 foizi miqdorida tashkil etiladi.
Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta`lim muassasalari xodimlarini mukofotlash
va ularga moddiy yordam berish umumta`lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag`batlantirish va moddiy yordam berish bo`yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari ishlarga hamda o`quvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga, tegishli sinflar va o`quv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va ko`nikmalar to`liq hajmining o`quvchilar tomonidan o`zlashtirib olinishi darajasiga va o`quv jarayoniga qo`shilgan aniq hissa, o`qitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun 40 foizgacha miqdorda belgilanadi.
Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida to`plagan umumiy ballari bo`yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65-70 ball to`plasa - 10 foiz;
71-75-ball to`plasa- 15 foiz;
76-80 ball to`plasa - 20 foiz;
81-85 ball to`plasa - 25 foiz;
86-90 ball to`plasa - 30 foiz;
91-95 ball to`plasa - 35 foiz;
96-100 ball to`plasa - 40 foiz.
Umumta`lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga jamg`arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o`quv yili uchun o`tgan o`quv yili yakunlari bo`yicha belgilanadi.
Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida to`plangan umumiy ballari bo`yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65-75 ball to`plasa - 10 foiz;
76-85-ball to`plasa- 15 foiz;
86-100 ball to`plasa - 20 foiz.
Umumta`lim muassasalari kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga jamg`arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o`quv yili uchun o`tgan o`quv yili yakunlari bo`yicha belgilanadi.
Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida to`plangan umumiy ballari bo`yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65-75 ball to`plasa - 10 foiz;
76-85-ball to`plasa- 15 foiz;
86-100 ball to`plasa - 20 foiz.
Umumta`lim muassasalari psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga jamg`arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o`quv yili uchun o`tgan o`quv yili yakunlari bo`yicha belgilanadi.