Fransiyaning L’Equipe o`z talqini bo`yicha 2014 yilning eng yaxshi o`yinchilari reytingini e`lon qildi.
Reytingga ko`ra, "Bavariya" posboni Manuel Noyer birinchi o`rinni oldi. Ikkinchi o`rindan "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uchinchi o`rindan "Barselona" hujumchisi Lionel Messi joy oldilar.
Qolgan o`rinlar shunday taqsimlandi: Aren Robben ("Bavariya"/Germaniya), Filipp Lam ("Bavariya"/Germaniya), Anxel Di Mariya ("Manchester Yunayted"/Argentina), Neymar ("Barselona"/Braziliya), Tomas Myuller ("Bavariya"/Germaniya), Luis Suares ("Barselona"/Urugvay), Zlatan Ibrohimovich ("PSJ"/Fransiya).
Manba: sport-express.ru





