AsosiyJamiyat

Surxondaryoda uch egizak dunyoga keldi

Kuni kecha Termiz shahar Sahovat mahallasidagi Haydarovlar xonadonida uch nafar egizak far...

Kuni kecha Termiz shahar Sahovat mahallasidagi Haydarovlar xonadonida uch nafar egizak farzandlar dunyoga keldi. Shahar tibbiyot birlashmasining tug`ruq bo`limida ko`zi yorigan surxondaryolik Iroda Xo`jamova ikki qiz farzandidan so`ng uch egizakli bo`ldi, bu haqida Sog`liqni saqlash vazirligi, Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda.

Kesarcha kesish amaliyoti orqali 39 haftada dunyoga kelgan chaqaloqlarning kattasi Hasanboy 2485 gr., Fotima va Zuhraxonlar 2500 gr. vaznda. Ular malakali mutaxassislar ko`rigidan o`tkazildi, barchasi sog`lom.

Ayolning turmush o`rtog`i Umidjon Haydarov qurilish tashkilotida ishchi bo`lib, mehnat qiladi.

Ayni paytda ona ham, chaqaloqlar ham Sog`liqni saqlash vazirligi nazoratida bo`lib, ularga tajribali shifokorlar tomonidan malakali tibbiy xizmat ko`rsatilmoqda. 

Boshqa yangiliklar