Bojxonachilar “Chinor”da qonunbuzarlarning nayrangiga chek qo`yishdi

Jinoyat 08.10.2019, 11:35
Bojxonachilar “Chinor”da qonunbuzarlarning nayrangiga  chek qo`yishdi

Mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy tarzda olib kirishga bo`lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar samarali kurash olib borishmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida bir necha qonunbuzilish holatlari o`z vaqtida bartaraf qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tezkor tadbir davomida Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Chinor” yo`l patrul xizmati maskaniga kirib kelgan, fuqaro H.A. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtotransport vositasi to`xtatilib, belgilangan tartibda tekshirildi.

Tekshiruv jarayonida, mazkur yuk avtomashinasi yukxonasida tegishli hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 127 million so`mlik gaz hisoblagichlar va televizorlar borligi aniqlandi. 

Tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur maskanga kirib kelgan “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi ham belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o`tkazildi.

Ko`rik natijasida avtoulovning yukxonasida umumiy qiymati 47,4 million so`mlik5560 dona cho`g`lanma lampochkalar borligi aniqlandi.

Shuningdek, yana bir holatda Zangiota tumanida fuqaro A.B. boshqaruvidagi “Hyundai Porter II” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib, belgilangan tartibda tekshirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati 53,2 million so`mlik 17760 dona cho`g`lanma lampochkalar borligi ma`lum bo`ldi.

Tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 227 680 000 so`mlik tovar moddiy boyliklari vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1