1

Avtobus isitish tizimi ichiga yashirilgan elektron tamakilar fosh etildi

Jinoyat 08.10.2019, 12:02
Avtobus isitish tizimi ichiga yashirilgan elektron tamakilar fosh etildi

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yish, aksiz markasiz yoxud boshqa davlatlarning aksiz yorlig`iga ega bo`lgan tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishini oldini olish bojxona organlari zimmasiga yuklangan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tamaki mahsulotlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o`tilishiga va ichki hududda noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin choralar ko`rilmoqda. Shunga qaramay bu kabi holatlar hali hamon uchrab turibdi.

Jumladan, “Oybek” chegara bojxona postiga qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro E.F. boshqaruvidagi “Volvo FH 12” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada,  avtomashina yukxonasida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda aytilmagan 40 quti “MILANO” nomli tamakimahsulotlari yashirincha olib kirilayotganligi aniqlandi. 

Shuningdek, “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mazkur postga kirib kelgan “YUTONG” rusumli avtobus bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, uning salonidagi isitish tizimi ichida fuqaro I.M. ga tegishli bo`lgan, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, qiymati 15 million so`mlik jami 500 quti elektron tamaki mahsulotlarini qo`shni davlatdan yashirincha olib kirilayotgani aniqlandi.

Yana bir holatda mazkur post xodimlari tomonidan qo`shni davlatga o`tish uchun kelgan fuqaro Z.U. boshqaruvida bo`lgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, uning yukxonasi qoplamasi  ostida, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda taqdim qilinmagan qiymati 11,4 million so`mlik jami 380 quti elektron tamaki mahsulotlari yashirilganligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1