Shvesiyada Nobel haftaligi boshlandi, kecha, 7 oktyabr kuni fiziologiya va tibbiyot sohasidagi mukofot laureati nomi ma`lum bo`ldi, deya xabar bermoqda «Vesti.ru».
Bugun, 8 oktyabr kuni fizika, 9 oktyabrda kimyo, 10 oktyabr kuni adabiyot yo`nalishida kimlar Nobel mukofotini olishi aniq bo`ladi.
11 oktyabrda Nobel tinchlik mukofoti sohibi va nihoyat, 14 oktyabrda iqtisodiyot sohasida «nobelchi» aniqlanadi.
E`tiborli jihati, bu yil adabiyot yo`nalishida ikkita mukofot topshiriladi — 2019 yil va o`tgan yil uchun. Xabaringiz bo`lsa, o`tgan yili kelib chiqqan mojaro tufayli bu mukofotni berish muddati kechiktirilgandi.
Mukofotlarni topshirish marosimi esa 2019 yilning 10 dekabrida — Alfred Nobel vafot etgan kuni Stokgolm filarmoniyasida bo`lib o`tadi. 2019 yilgi pul mukofoti — 9 million krona (914,5 ming AQSh dollari)ga teng