1

IIBB: "Gaz quvuriga to`qnashgan avtomobilni “tormozi” ishlamay qolgan"

Jinoyat 08.10.2019, 15:41
IIBB: "Gaz quvuriga to`qnashgan avtomobilni “tormozi” ishlamay qolgan"

5-oktyabr kunidan 6-oktyabrga o`tar tunda Mirzo-Ulug`bek tumani Chaxbud ko`chasida 25 yoshli Xusniddin X. “VAZ-2106” rusumli avtomobilni boshqarib turib, gaz quvuri tagidagi ustunga to`qnashgan. 

O`zbekiston Respublikasi FVV Yong`in xavfsizligi boshqarmasining ma`lumotiga ko`ra, YTH sababli gaz quvurining butunligiga ziyon etib, gaz-havo aralashmasini o`t olishi sodir bo`lgan. Yong`in haqidagi xabar 101 raqamiga soat 1.41 da kelib tushdi. Soat 1.49 da voqea joyiga yong`in xavfsizligi xizmati xodimlari etib kelib, 2.30 da yong`in to`liq bartaraf etildi. Hodisa sababli jabr ko`rganlar va qurbonlar bo`lmadi.
Toshkent shahar IIBB YHXB ma`lumotlariga ko`ra, YTHning hozirgacha ma`lum sababi: avtomobilning to`xtash tizimidagi nosozlik.
Ushbu fakt asosida “VAZ-2106” rusumli avtomobil haydovchisiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 134-moddasiga (“Haydovchilarning yo`l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi”) muvofiq ma`muriy javobgarlik to`g`risida bayonnoma rasmiylashtirildi.
IIV xodimlari haydovchilardan texnik nosoz avtomobilni boshqarib o`zining va atrofdagilarni hayoti va sog`lig`ini xatarga qo`ymaslikka chaqirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1