Bankomatni portlatib, pul o`marmoqchi bo`lgan o`g`rining o`zi ham portlab ketdi (Video)

Dunyo 08.10.2019, 17:03
Teglar: bankomat, o`g`ri
Bankomatni portlatib, pul o`marmoqchi bo`lgan o`g`rining o`zi ham portlab ketdi (Video)

8 oktyabr kuni Rossiyaning Vologodsk viloyatidagi Cherepoves shahrida favqulodda holat yuz berdi. Xususan shaharning Mochenkov ko`chasidagi ko`p qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan jamg`arma bankiga ertalabki soat 5.00 da kirib kelgan hududiy qo`riqchilik xizmati xodimlari portlatilgan bankomatlarni ko`rishdi. U erda bir erkak kishining murdasi ham bor edi.

Ma`lum bo`lishicha o`lgan odam o`g`irlik qilish niyatida jamg`arma banki binosiga kirgan va u erdagi bankomatlardan birini pul o`marish maqsadida gaz uskunasi yordamida portlatgan. Biroq kutilmaganda kuchli portlash sodir bo`lib, uning o`zi ham halok bo`lgan. 

Bu odam petrozavodsklik 37 yoshli erkak ekanligi aniqlandi. Ayni paytda vologodsklik izquvarlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Video:

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1