Isroilda yoshi 5000 yilga teng bo`lgan qadimiy shahar xarobalari topildi. Arxeologlar mazkur shaharni “Bronza asri Nyu-Yorki”, deb atashmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.
Shahar xarobalari avtomobil yo`li qurilishi uchun tayyorgarlik ishlari olib borilayotgan vaqtda Xarish shahridan uncha uzoq bo`lmagan joyda aniqlandi. Arxeologlarning ta`kidlashicha, bu shahar ko`chalari, tarmoqlari, maydonlari, suv oqova tizimlari mukammal himoya tizimlariga ega bo`lgan haqiqiy megapolisdir. Shaharning himoya devori qalinligi ikki metrni tashkil etadi. Bu erda kuzatuv minoralari ham mavjud bo`lgan. 65 gektar maydonni egallagan shahar hududida taxminan 6000 nafar kishi istiqomat qilgan. Ular qishloq xo`jaligi va savdo-sotiq bilan shug`ullanganligi taxmin qilinmoqda.
Bizning zamonga qadar bronza asridan avvalgi davr haqida yozma tarixiy manbalar etib kelmagan. Ushbu shahar qoldiqlari esa uzoq o`tmishda insonlar qanday xayot kechirgani nimalar bilan mashg`ul bo`lganligi, urf-odat va an`analari to`g`risida ma`lumot beruvchi o`ta noyob manba bo`lib xizmat qiladi. Biroq ushbu megapolis hududida qandaydir falokat izlari yo`q bo`lishiga qaramasdan nimagadir u huvillab qolgan. Olimlar bunga qandaydir tabiiy sharoitlarning o`zgarganligi yoki ijtimoiy-iqtisodiy sohada ro`y bergan inqiroz sabab bo`lgan bo`lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.