AsosiySport

Ravshan Ermatov 2014 yilda hakamlar reytingida 12-o`rinni oldi

Futbol hakamlari faoliyatiga bag`ishlangan www.footballrefereeing.blogspot.com sayti 2014 yildagi hakamlar reytingini tuzib chiqdi. Sayt o`tkazgan so`rovnomada 17 mutaxassis ishtirok etdi. Har bir ishtirokchi 15 nafar hakamdan iborat reytingni taqdim etgan. Ushbu ro`yxat asosida umumiy reyting shakllantirilgan.

Blog versiyasiga ko`ra, gollandiyaliklik Born Kuypers 2014 yilning eng yaxshi hakami deb topildi. 41 yoshli hakam yakunlangan yilda Lissabonda bo`lib o`tgan "Real" va "Atletiko" o`rtasidagi EChL finalini boshqarib bordi. U JCh-2014ning guruh bosqichida Angliya-Italiya, Shveysariya-Fransiya o`yinlarini, 1/8 finalda esa Kolumbiya-Urugvay uchrashuvini boshqarib bordi. Gollandiya terma jamoasi so`nggi bosqichga etib borgani bois, u o`yinlarni boshqa boshqarmadi. Sayt o`tkazgan so`rovnomaga ko`ra, 304 ball to`plagan.

Ikkinchi o`rin italiyalik Nikola Rissoliga nasib etdi. Xabaringiz bor, ushbu hakam JCh-2014 finalini boshqarib bordi. Italiyalik hakam EChLning mas`uliyatli o`yinlari bilan birga, mundialning 4ta o`yinida ishladi. So`rovnomada uning hisobida 243 ball yig`ildi.

Uchinchi o`rin esa argentinalik Nestor Pitanaga berildi. U JCh-2014ning 3ta o`yinini boshqarib bordi. So`rovnomada Pitana hisobida 228 ball to`plandi.

O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov reytingda 83 ball bilan 12-o`rinni egalladi.

Reytingning kuchli 15taligi quyidagicha ko`rinish hosil qildi:
1. Born Kuypers (Gollandiya) — 304
2. Nikola Rissoli (Italiya) — 243
3. Nestor Pitana (Argentina) — 228
4. Xovard Uebb (Angliya) — 211
5. Junayt Chaqir (Turkiya) — 205
6. Yonas Eriksson (Shvesiya) — 191
7. Sandro Richchi (Braziliya) — 181
8. Marko Rodriges (Meksika) — 160
9. Mark Geyger (AQSh) — 147
10. Feliks Brix (Germaniya) — 110
11. Bakari Gassama (Gambiya) — 95
12. Ravshan Ermatov (O`zbekiston) — 83
13. Karlos Vera (Ekvador) — 80
14. Mark Klattenburg (Angliya) — 78
15. Benjamin Uilyams (Avstraliya) — 70

    Boshqa yangiliklar