3 yanvar, Dubay. Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyada bo`lib o`tadigan Osiyo Kubogi-2015da ishtirok etish uchun 3 yanvar, shanba kuni BAAning Dubay shahridan Avstraliyaning Sidney shahriga jo`nab ketdi.
Terma jamoa etakchilaridan biri Odil Ahmedov o`z Instagram`ida safar vaqtidagi surat bilan bo`lishdi. Unda, shuningdek, Egor Krimes (yuqoridan chapda) va Jamshid Iskandarovni (yuqoridan o`ngda) ham ko`rish mumkin.






