AsosiySiyosat

Oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlovchi qaror loyihasini muhokama qiling

'Oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlovchi qaror loyihasini muhokama qiling'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Prezidentning “Oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorining loyihasi muhokamaga qo`yildi.

Qaror loyihasiga ko`ra, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Qishloq xo`jaligi vazirligi bilan birgalikda 2020-2021 o`quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetida “Ogranik qishloq xo`jaligi va organik mahsulot etishtirish” bo`yicha bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari tashkil etiladi.

Shuningdek, Qishloq xo`jaligi vazirligi Fanlar akademiyasi va Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan birgalikda organik qishloq xo`jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog`liq muammolarning ilmiy echimiga qaratilgan  fundamental, amaliy hamda innovasion ilmiy-texnik tadqiqotlarni amalga oshirish bo`yicha loyihalar mavzularini shakllantirib, doimiy ravishda Innovasion rivojlanish vazirligiga taqdim etib borilishi aytilgan.

Organik agroklaster faoliyatini tashkil etish uchun quriladigan birlamchi bino va inshoatlar, tashqi muhandislik infratuzilmasini qurish xamda faoliyatini boshlash uchun zarur texnika, texnologik uskuna va jihozlar uchun mablag`lar davlat-xususiy sheriklik talablari asosida moliyalashtirilishi taklif etilmoqda.

Organik qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskuna, jihoz va materiallar 2022 yilning 1 yanvariga qadar bojxona to`lovlaridan ozod etiladi.

Mazkur qaror loyihasi 9 oktyabrdan 24 oktyabrgacha muhokamada turadi. Qiziquvchilar bo`lsa shu davr mobaynida ushbu https://regulation.gov.uz/uz/document/8906  havola orqali taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar