1

Ozodbek Nazarbekov: "Tabiiyki, men bu oylikka qoniqmayman"

Madaniyat 12.10.2019, 11:42
Ozodbek Nazarbekov: "Tabiiyki, men bu oylikka qoniqmayman"

O`zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov jurnalist Feruz Muhammadga intervyu berdi...

Suhbat davomida Ozodbek Nazarbekov «Madaniyat vazirligining oylik maoshi O`zbekistondagi eng talabgir, eng qimmat xonandasi bo`lgan Ozodbek Nazarbekovga etyaptimi?» mazmunidagi savolga quyidagicha javob berdi.

Ozodbek Nazarbekov, O`zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari:

- Madaniyat vazirligiga maosh uchun bormaganman. Xudoga shukr o`z davrida yo`lga qo`ygan bizneslarim bor. Bugungi kunda oilamni, ro`zg`orimni eplab turishga etadi. Avval kimlargadir moddiy yordam bergan bo`lsam, bugun o`zimning kundalik ehtiyojimni qoplayapti. Bundan nolimayman.

Madaniyat vazirligiga moddiy manfaatni ko`zlab kelmaganman. ‘Eng talabgir, eng qimmat xonandalardan biri’ degan e`tibor bilan qaraydigan bo`lsak, tabiiyki, men bu oylikka qoniqmayman. Inson iqtisodiy ta`minotiga qarab hayotini shakllantiradi. Hamma ham shunday. Kecha 2 million topayotgan odam  ertaga 20 million topa boshlasa, 2 million topayotgan darajada yashamaydi. Shundan kelib chiqib bilish mumkinki, mening ham o`tgan davrimda moddiy ta`minotimga qarab hayotim shakllangan. Lekin faqat iqtisodiy ta`minlanishning o`zi go`zal hayot degani emas.

Men uchun go`zal hayot boshqa birovning qo`liga qaram bo`lib qolmaslik! O`sha darajaga tushib qolmasam bo`ldi. Kimgadir qaram bo`lish yoki kimningdir eshigi tagida sarg`ayib turish darajasiga bormaslik men uchun go`zal hayot. Shu narsani har doim o`zimga eslatib turaman. Iqtisodiy tanglikka kirgan paytlarim o`zimga o`zim bir gapni ko`p takrorlayman: Kecha onadan tug`ilganimda, egnimda hech nimam yo`q edi-ku, yana nimasiga nolishim kerak. Ertaga yana shu ahvolda ketsam, nimaga noliyman.

Madaniyat vazirligida ishlayotganim hech qachon iqtisodiy norozichilikka olib kelmaydi. Chunki bu erda moddiy manfaatdan ko`ra, ma`naviy manfaat yuqori turadi. Bu erda menga butun o`zbek san`ati va madaniyatini ijobiy tomonga o`zgartirish vakolati berilyapti. Demak, ma`naviy manfaat ko`rish imkoniyatim bo`lgandan keyin  moddiy manfaat o`z-o`zidan orqaga chekinadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1