Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida daraxtlarni noqonuniy kesish, ularni tamg`alash masalalari ham muhokama etildi.
Ushbu masala bo`yicha Sirdaryo viloyati hokimi, senator G`. Mirzaev quyidagicha taklif bildirdi:
“Taklifim shuki, daraxtlarni asrab qolish uchun ularni pasportlash, tamg`alash kerak. 10 yoshdan oshganlarini ro`yxatga olish ham zarur. Qeyingi masala hamma o`z bilganicha daraxtlarni butalayversa, ularni “nogiron” qilib qo`yamiz. Shuning uchun bu masalaga ilmiy yondashish lozim.
Yana bir taklifim shuki, daraxtlarni yoshiga qarab jarimalar miqdorini ham ko`paytirib borish kerak. Shunda amalga oshiradigan ishlarimiz samarasi seziladi”.






