AsosiyJinoyat

Toshkentda pedofil qo`lga olindi

'Toshkentda  pedofil qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB xabariga ko`ra, “Telegram”da maktab o`quvchilarining ota-onalari ulashgan xabarlar yuzasidan chora ko`rilgan.

Maktab o`quvchilarining ota-onalari, ular huzurida o`quvchilarning o`zi va mahalliy aholi so`roq qilingan va gumon qilinuvchi qiyofasi tuzilgan. Natijada 27 yoshli O.D. qo`lga olingan. O`quvchi qizlardan biri uni tanib olgan.

Ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (“O`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq IIBB “Telegram”da maktab o`quvchilarining onalari bir birlariga Toshkentda bir erkak voyaga etmagan qizlarga qiziqish bildirayotganligi haqidagi xabar yuzasidan tekshiruv o`tkazayotgani xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar