1

"Yalla" ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi ochiladi

Madaniyat 13.10.2019, 20:37
Teglar: Yalla, musiqa maktabi
"Yalla" ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi ochiladi

O`zbekiston madaniyat vazirligi “Yalla” estrada vokal – cholg`u ansambli ijro uslubini qo`llab-quvvatlash to`g`risida” hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo`ydi. Unga ko`ra, “Yalla” ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi va studiyasi tashkil etiladi.

Musiqa maktabining vazifalari

Qaror loyihaqida qayd etilishicha, ushbu maktabni tashkil etishdan maqsad “O`zbekiston milliy madaniyatining ajralmas qismi bo`lgan mumtoz va an`anaviy qo`shiqchilik, shuningdek, milliy estrada ijrochilik san`atini yanada rivojlantirish, bu borada mavjud maktablar ijodiy faoliyatini kuchaytirish va mahoratli ijrochilarni tayyorlashdir”.

Shuningdek,

iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning iste`dodini rivojlantirish, ularga milliy estrada san`ati bo`yicha ta`lim berish hamda taalluqli o`quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish;

o`quvchilarning tegishli sohada bilim olishlari va ijodiy salohiyatlarini oshirib borishlari uchun qulay sharoitlar yaratish;

milliy estrada san`atini o`zbek an`anaviy ijrochilik uslublari bilan hamohang tarzda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg`unlashgan holda rivojlantirish;

yoshlarni ona Vatanga muhabbat, milliy an`analarga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy estrada ijrochiligi bo`yicha iste`dodli yosh ijodkorlarning kasbiy va ma`naviy kamol topishi va  o`z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoit yaratish;

zamonaviy o`quv-pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda o`quv-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, ilg`or xorijiy tajribalarni qo`llagan holda yangi o`qitish uslublarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.

"Yalla” ansambli ijro uslubidagi ushbu musiqa maktabi va studiyasi O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi maktabdan tashqari ta`lim muassasasi hisoblanishi belgilab qo`yilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1